Joriy yilning 17-sentyabr kuni saralashdan o‘tgan eng kuchli 10 ta jamoa final yo’llanmasini qo’lga kiritadi. Ro’yxatdan o’tish 14-sentyabrgacha davom etadi.
“Red team” - kiberxavfsizlik sohasida tashkilotning xavfsizlik holatini sinab ko'rish va tizimlardagi zaifliklarni aniqlash uchun mo'ljallangan maxsus jamoalar hisoblanadi.
“Red team” asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Zaifliklarni aniqlash;
- Pentestlar o'tkazish;
- Tizim himoyasini chetlab o'tish;
- Ma'lumotlarni olish va nazoratni qo'lga kiritish.
Batafsil: https://ctf.cyberkent.uz/