Bugun, 26 noyabr kuni TATU va INHA universitetlarida “University CTF challenge” musobaqalari o‘tkazildi.
Bugungi CTF musobaqasi (dushman bayrog'ini qo'lga olish) mamlakatimizda birinchi marta bu darajada bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida Kiberxavfsizlik markazi rahbariyati TATU va INHA universitetlarida kirish so‘zi bilan so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasidagi Kiberxavfsizlik markazi faoliyati haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, TATU universitetida "Kiberhujumlarni aniqlash va ularga qarshi himoya bо‘yicha" laboratoriya ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yakunida, g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar “Kiberxavfsizlik markazi” rahbariyati va Universitetlar rektori tomonidan tantanali ravishda munosib taqdirlandilar.