2022 yil 8-10 iyun kunlari “Akkreditatsiya markazi” Davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda - “Akkreditatsiya markazi” DUK) tomonidan “Kiberxavfsizlik markazi” DUK ning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sertifikatlashtirish organing (keyingi o‘rinlarda - AKT SB) faoliyati yuzasidan rejaga muvofiq inspeksiya nazorati amalga oshirildi.
Akkreditatsiyadan o‘tgan sertifikatlashtirish organlarining rejaga muvofiq inspeksiya nazorati – bu muvofiqlikni baholash organlari faoliyati davomida akkreditatsiya talablari bajarilishi ta’minlaniyotganligini natijalarini tekshirishning xalqaro amaliyotida keng tarqalgan tartibidir.
AKT sertifikatlashtirish organining Akkreditatsiya to'g'risida Guvohnomasining amal qilishini tasdiqlash maqsadida O‘z DSt ISO/IEC 17065 davlat standarti talablariga muvofiqligi bo'yicha rejaga asosan inspeksiya nazorati o’tkazildi.
“Akkreditatsiya markazi” DUK komissiyasi sertifikatlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi, hamda AKT sertifikatlashtirish organining sifat menejment tizimini amaldagi faoliyatini o‘rgandi.
“Akkreditatsiya markazi” DUK komissiyasi tomomnidan inspeksiya nazorati natijalariga ko‘ra, sertifikatlashtirish organining 2021-2022 yillar mobaynida faoliyati natijalari bo‘yicha nomuvofiqliklar aniqlanmadi.
“Akkreditatsiya markazi” DUK komissiyasi tomonidan sertifikatlashtirish organi ish faoliyatinin takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi, AKT sertifikatlashtirish organi xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi va ularni joriy etish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rildi.
AKT sertifikatlashtirish organi va “Kiberxavfsizlik markazi” DUK ning barcha bo‘linmalari, O‘zbekiston axborot infratuzilmasi axborot tizimlari va ob’ektlarining kiberxavfsizlik darajasini oshirishga ko‘maklashish maqsadida o‘z faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirib boradilar.