Abu-Dabida (BAA) boʻlib oʻtayotgan “Mintaqaviy kiberxavfsizlik haftaligi 2023” sammitida O’zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro sammit 2013-yildan beri XEI (Xalqaro Elektraloqa ittifoqi) tomonidan muntazam tashkil qilinadi. Bu yilgi kiberxavfsizlik haftaligida 60 ga yaqin davlatdan 100 dan ortiq vakillar ishtirok etmoqda. Sammitning birinchi kunida ishtirokchilar xalqaro ekspertlardan sohadagi yutuq va kamchiliklar, umuman kiberxavfsizlik sohasining bugungi kuni haqida ma’ruza tingladi.
Ma’lumot uchun, “Mintaqaviy kiberxavfsizlik haftaligi 2023” sammiti 9-oktyabrdan 12-oktyabrgacha davom etadi.
Ahamiyatlisi, sammit doirasida Markaz delegatsiyasi xalqaro hamkorlar bilan uchrashuv tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu kabi xalqaro tadbirlar mutaxassislarning tajriba almashinuvi uchun qulay platforma vazifasini o‘tamoqda.