Shu yilning 10 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi "Uztemiryo‘lnazorat" binosida inspeksiya xodimlarining axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish masalasida "Axborot xavfsizligini ta’minlashdagi muammolar va ularning yechimlari" mavzusiga oid seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida inspeksiyaning axborot xavfsizligiga mas’ul xodimlar hamda boshqa bo‘limlardagi xodimlar ishtirok etishdi.
Seminarda “Texnik ko‘maklashish markazi”DUK xodimlari Malikov U. xamda Ergashev.I. o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Seminar davomida axborotlashgan zamonda axborot kommunikasiya texnologiyalariga extiyoj juda yuqori darajadaligi, bunday tezkor axborot almashinuvi davrida axborot xavfsizligini ta’minlash, turli xodisalarni oldini olish dolzarb axamiyat kasb etishi xaqida ta’kidlab o‘tildi. Shundan so‘ng taqdimotning asosiy mazmuni davlat va xo‘jalik boshrqaruvi organlarida axborot xavfsizligini ta’minlashdagi muammolar va muammolarning yechimlari, axborot xavfsizligi xolatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar xamda soxaga doir me’yoriy xuquqiy xujjatlar to‘grisida bo‘ldi va seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.