Bugun biz foydalanayotgan texnologiyalarsiz zamonaviy dunyoni tasavvur qilish qiyin. Har bir kompaniya va tashkilot turli xil texnik qurilmalardan foydalanadi,
ko'plab jarayonlar avtomatlashtirilgan, ko'plab tizimlar yozma dasturlarga muvofiq ishlaydi. Zamonaviy dasturlar, shuningdek,
kompyuter texnologiyalari yordamida odamlar jamiyatning deyarli barcha sohalarida ulkan yutuqlarga va o'zgarishlarga erishdilar
Shu yilning 29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi”
xodimlari uchun axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida
"Axborot xavfsizligi tahdidlari va ularga qarshi kurashish usullari" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida inspeksiyaning axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mas’ul xodimlari hamda boshqa xodimlar ishtirok etishdi.
Seminarda “Texnik ko‘maklashish markazi” DUK xodimi Abdusalyamov Farxod Alimjanovich o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib,
axborotlashgan zamonda axborot kommunikasiya texnologiyalariga extiyoj juda yuqori darajadaligi,
bunday tezkor axborot almashinuvi davrida axborot xavfsizligini ta’minlash, turli tahdid va hodisalarni oldini olish dolzarb ahamiyat kasb etishi xaqida ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek hozirgi kunning dolzarb muammolardan biri bo‘lgan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida axborot xavfsizligini ta’minlashdagi muammolar va ularning yechimlari,
axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar va ularga qarshi kurashish usullari bo‘yicha tavsiyalar hamda sohaga doir me’yoriy huquqiy hujjatlar to‘g‘risida so‘z yuritildi hamda qizg‘in munozaralar olib borildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.