Joriy yilning 2-avgust kuni “Kiberxavfsizlik markazi”da Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorikda taniqli aktyor, huquqshunos, yozuvchi, jurnalist va bloger Otabek Mahkamov bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda, O. Mahkamovning “Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot davomida, muallif o‘z kitobidan o‘rin olgan uchrashuvlari haqida so‘z yuritar ekan, dunyoning qariyb 50 dan ortiq davlatlariga sayohat qilgani, muvaffaqiyatga erishgan insonlar bilan eksklyuziv suhbatlardan olgan taasurotlari, ularning o‘ziga xos hayot yo‘li hamda faoliyatining tahlili, iqtiboslari yig‘ilganlarda qiziqish uyg‘otdi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda taklif etilgan mehmon tomonidan yoshlar davlatning tayanchi ekanligini, inson hayoti davomida olib kelgan bilim va ko‘nikmalarini albatta chet tilida ham bayon qila olishi kerakligi, eng muhimi esa harakatdan to‘xtamasligi zarurligini alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv so‘nggida eng qiziqarli savol egalariga Otabek Mahkamov tomonidan o‘sha mashhur – “Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv” kitobi taqdim etildi.