"Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi" davlat muassasasi va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi o‘zaro foydali hamkorlikni rivojlantirish manfaatdorligidan kelib chiqib, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, raqamli muhit xavfsizligini ta’minlash va hamkorlikda raqamli iqtisodiyot yo‘nalishida tadqiqotlar olib borish muhimligini hisobga olib, hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan holda hamkorlik memorandumini imzoladilar.
Memorandumning asosiy maqsadi ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlik qilinadigan yangi loyihalar va hamkorlik tadbirlari ustida ishlash va O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shishdan iboratdir.
Bundan tashqari, memorandum raqamli iqtisodiyot va kiberxavfsizlikni rivojlantirish hamda o‘quv jarayoni samaradorligi va amaliyligini oshirish, axborot texnologiyalari sohasidagi ilg‘or jahon tajribasini o‘rganish, qo‘shma konferensiyalar, seminarlar o‘tkazish bo‘yicha uzluksiz ish munosabatlarini hamda raqamli iqtisodiyot sohasida qo‘shma ilmiy loyiha va tahliliy ishlarni tashkillashtirish taʼminlaydi.