Avval xabar berganimizdek, “Kiberxavfsizlik markazi” tomonidan “Kiberxavfsizlik klubi” a’zolari 24-29-iyul kunlari Boku (Ozarbayjon) shahrida tashkillashtirilgan “Cyber Summer School – 2023”da ishtirok etish uchun yuborilgan edi.
Tadbir so‘nggida yozgi maktab ishtirokchilari o‘rtasida bilimlar bellashuvi (CTF) o‘tkazildi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, yoshlarimiz ilk bor ishtirok etishiga qaramasdan 6 mamlakatdan (Ozarbayjon, Isroil, Turkiyadan, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston) jami 125 nafar ishtirokchi ichida faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Tashkilotchilar tomonidan g‘oliblarga sertifikat hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Dastur doirasida 20 nafar mutaxassislar tomonidan kiberxavfsizlikning turli jihatlari bo‘yicha 20 dan ortiq o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazildi. Bu esa yoshlarning o‘zaro tajriba almashinuviga, shuningdek sohadagi yangiliklar bilan tanishishga zamin yaratdi.