Joriy yilning 20-aprel kuni Kiberxavfsizlik markazi va Xitoyning CETC kompaniyasi vakillari o‘rtasida kiberxavfsizlik sohasida ko‘p tomonlama hamkorlikni muhokama qilish maqsadida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida mutaxassislar Internet tarmog‘ida foydalanuvchilarni himoya qilish, kiberhujumlarga chora ko‘rish va kibermashg‘ulotlarni o‘tkazishga oid keng ko‘lamli masalalar yuzasidan fikr almashdilar.