“CyberQalqon” telegram boti ishga tushdi
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan telegram messenjerida tarqalayotgan viruslarni aniqlash va tahlil qilish maqsadida maxsus telegram bot yaratildi.
"@CyberQalqonbot" orqali shaxsiy akkauntingizga kelib tushgan fayllarning xavflilik darajasini bilib olishingiz mumkin.
Ma'lumot uchun, ushbu bot ishga tushirilganidan buyon hozirga qadar 400 dan ortiq zararli fayllar tekshirildi hamda 20 mingdan ortiq fuqarolar mazkur virusdan jabrlanayotganligi aniqlandi.