O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan 2022-yil 11 may kuni universitet binosida “Telekommunikatsiya/Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarida kiberxavfsizlikni ta’minlash usullari va vositalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Anjumanda ushbu sohadagi xalqaro va mahalliy ekspertlar, Seul milliy politsiya agentligi vakili, Qozog’iston Respublikasi Milliy gvardiya akademiyasi vakili, Moldova Respublikasi ta’lim taraqqiyot vazirligi vakillari shuningdek Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor o’qituvchilari hamda Kibrxavfsizlik markazi mutaxassislari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Onlayn va offlayn shaklda o‘tkazilgan mazkur tadbirda raqamli texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha muammolar, axborot xavfsizligiga erishishda sun’iy intellekt texnologiyalarining rolini oshirish tendensiyalari, bir qator xorijiy davlatlar tajribasi qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilindi.