2023-yil 19-aprel kuni “Kiberxavfsizlik markazi” DUK mutaxassislari, Raqamli texnologiyalar vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi va Jizzax viloyati hokimligi mutaxassislari bilan birgalikda Jizzax viloyatida kiberxavfsizlik sohasida yoshlarning bilim darajasini oshirish, dunyoda yuz berayotgan tendensiyalarni muhokama qilish bo‘yicha onlayn seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda Jizzax Politexnika instituti, Jizzax davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, Sambhram universiteti talabalariga Kiberxavfsizlik markazidan yuqori malakali ekspertlarni jalb qilgan holda “Zamonaviy kiber tahdidlar. UZCERT xizmatining kiber tahdidlarga qarshi kurashishadagi tajribasi” va “Kiberxavfsizlik hodisalarni tekshirish” mavzularda o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan
bir qancha savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.