O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Internet tarmog‘ida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022 yil 3 fevraldagi PQ-117-son qarori bilan tasdiqlangan qo‘shimcha dasturning 3-bandida Ichki ishlar vazirligi va manfaatdor vazirlik idoralar bilan birgalikda 2022 yilning 25 apreldan boshlab aholining barcha qatlami o‘rtasida kibertahdidlardan himoyalanishga qaratilgan ”kibergigiena kuni” hamda “Mahallamda kiberjinoyatlar bo‘lmaydi” shiori ostida ta’sirchan targ‘ibot tadbirlari Farg’ona viloyatida o‘z ishini boshladi.
Tadbir Farg’ona viloyati hokimligining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir viloyat hududida faoliyat olib borayotgan tashkilotlarning rahbarlari va ularning axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga mas’ul vakillari hamda viloyat IIB xodimlari ishrokida quyidagi mavzularda bo‘lib o‘tdi:
o Internetdagi tahdidlarni barvaqt oldini olish bo‘yicha kompleks targ‘ibot chora-tadbirlarning mazmuni va mohiyati;
o Kiber jinoyatlar bugungi kundagi asosiy tahdidlardlan biri;
o Korxona va tashkilotlarda kiberxavfsizlik talablariga rioya etish masalalari;
o Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Kiberyordamchi” tizimining taqdimoti;
Tadbir mavzularga doir o‘rinli va qiziqarli savol javoblar bilan yakunlandi.