Yangi xavfsizlik siyosati Play Store da eʼlon qilingan ilovalarni koʻrib chiqmoqchi.
Google Play Store xavfsizlik siyosatiga oʻzgartirishlar kiritdi, buning natijasida zararli Android ilovalar ishlab chiqaruvchilari doʻkonda oʻz mahsulotlarini joylashtira olmaydilar. Ayniqsa, Google Android API uchun yangi cheklovlar joriy qildi va hozirda Play Store - ga joylashtirishdan oldin har bir dastur murakkab sinovdan yaʼni testdan oʻtkazilishi kerak.
Qoʻshimcha qulayliklar orasida - ilovalarni avtomat tarzda emas balki qoʻlda tekshirish mavjud. Bundan tashqari, ishlab chiquvchilar endi Android xizmatlarini suiisteʼmol qila olmaydilar, ilovalar uchun qoʻngʻiroqlar va SMS lar kabi muayyan xizmatlarga kirishga cheklovlar qoʻyildi.
Avval ham Google oʻzining doʻkoniga skanerni qoʻshib qoʻygandi, u dasturiy faoliyatga asoslangan zararli dasturlarni izlaydi. Play Store ni himoyasini kuchaytirish boʻyicha boshqa chora-tadbirlarga aniqlangan zaifliklarni mukofotlash dasturini ishga tushirish va h.k. lar kiradi.
Ilovalarni joylashtirish tarixi boʻlmagan yangi ishlab chiquvchilardan Play Store -ga qoʻshilgan ilovalarni tekshirish jarayoni tezlashdi va hozir bunga haftalar emas, balki bir necha kun yetmoqda.
”Garchi Android ilovalari ishlab chiquvchilarining koʻpchiligi toʻgʻri boʻlishiga qaramasdan, ayrim akkauntlar xavfsizlik siyosatining muntazam jiddiy ravishda buzilganligi uchun bloklanadi.
99% dan ortiq hollarda blokirovka qilish haqidagi qaror toʻgʻri boʻlsada, bizni koʻproq xatolik orqali blokirovka qilish oqibatlari tashvishga soladi”, - deya xabar beradi Google.
Endilikda, notoʻgʻri blokirovka qilingan akkauntlar zudlik bilan apellyatsiyaga berishlari mumkin va Android jamoasi buni diqqat bilan oʻrganib chiqadi. Tekshiruv jarayonida hisob qaydnomasi xato bloklangan boʻlsa, u qayta tiklanadi.