Adilov Bahodir G'ayratovich
Lavozimi: Bo'lim boshlig'i
Telefon: 71-203-00-29
Bo'limning asosiy vazifalari:
- O'zbekiston Respublikasi davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatida axborot xavfsizligi to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish;
- Axborot xavfsizligi sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari va texnik vositalarini ishlab chiqish va joriy etish bo'yicha ilg'or tajribalarni o'rganish va tahlil qilish, tahliliy ma'ruzalar va axborot xavfsizligini yaxshilash bo'yicha tavsiyalar tayyorlash;
- Fuqarolarning, tashkilotlarning xatlari, so'rovlari va murojaatlarini ko'rib chiqish va Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo'yicha javob loyihalarini tayyorlash;
- Markazning tarkibiy bo'linmalari bilan birgalikda bo'lim vakolatiga kiradigan masalalar bo'yicha O'rta muddatli istiqbolda Markaz faoliyatining natijalari va asosiy yo'nalishlari to'g'risida hisobot loyihalarini tayyorlash;
- Axborot xavfsizligini ta'minlash uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish holati va rivojlanish dinamikasi to'g'risidagi statistik ma'lumotlarni yig'ish tarkibi va chastotasi bo'yicha takliflar ishlab chiqish, ushbu ma'lumotlarni tahlil qilish;
- Axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro tajribani o'rganish, axborot xavfsizligini tahlil qilish uchun davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xo'jalik yurituvchi sub'ektlardan interaktiv ma'lumot to'plash mexanizmlarini joriy etish bo'yicha takliflarni tayyorlash;
Quyidagi masalalarda takliflar ishlab chiqishda ishtrok etish:
- Davlat organlarining maxsus bo'linmalari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi sub'ektlari tomonidan qo'llaniladigan chora-tadbirlar va axborotni himoya qilish vositalarining monitoringi va samaradorligini baholash to'g'risida;
- Aborot xavfsizligi bo'yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash holatini monitoring qilish to'g'risida;